{"id":3,"date":"2024-04-17T14:32:51","date_gmt":"2024-04-17T11:32:51","guid":{"rendered":"http:\/\/localhost\/datascale\/?page_id=3"},"modified":"2025-09-04T02:01:26","modified_gmt":"2025-09-03T23:01:26","slug":"privacy-policy","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/privacy-policy\/","title":{"rendered":"Shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlash siyosati"},"content":{"rendered":"<p><b>Joylashtirilgansana: 18.08.2025<\/b><\/p>\n<p>Ushbu Shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlash siyosati (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 \u00abSiyosat\u00bb) DATASCALE MCHJ (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 \u00abJamiyat, Operator\u00bb) tomonidan https:\/\/datascale.uz\/ manzilida joylashgan veb-sayt (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 \u00abSayt\u00bb) faoliyatini tashkil etishda shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlashning umumiy prinsiplari, tartibi va ularning xavfsizligini ta\u2019minlash choralarini belgilaydi.<\/p>\n<p><b>1. Atamalar<\/b><\/p>\n<p><b>Shaxsiy ma\u2019 lumotlar bazasi<\/b> \u2014 shaxsiy ma\u2019lumotlarni o\u2018z ichiga olgan axborot tizimi ko\u2018rinishidagi ma\u2019lumotlar bazasi.<\/p>\n<p><b>Cookies-fayllar<\/b> \u2014 foydalanuvchi saytga tashrif buyurganda uning qurilmasiga joylashtiriladigan (saqlanadigan) kichik ma\u2019lumot fayllari bo\u2018lib, foydalanuvchining identifikatori, qurilma, brauzer va ilova versiyasi haqida ma\u2019lumotlarni o\u2018z ichiga olishi mumkin.<\/p>\n<p><b>DATASCALEMCHJ<\/b> \u2014 shaxsiy ma\u2019lumotlarning egasi va operatori, ularni qayta ishlashni amalga oshiruvchi sub\u2019ekt.<\/p>\n<p><b>Shaxsiyma\u2019lumotlarniqaytaishlash<\/b> \u2014 shaxsiy ma\u2019lumotlarni yig\u2018ish, tizimlashtirish, saqlash, o\u2018zgartirish, to\u2018ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, anonimlashtirish va yo\u2018q qilish bo\u2018yicha bir yoki bir nechta harakatlar majmuasi.<\/p>\n<p><b>Shaxsiyma\u2019lumotlar<\/b> \u2014 aniq shaxsga oid yoki uni aniqlash imkonini beruvchi, elektron, qog\u2018oz yoki boshqa moddiy tashuvchilarda qayd etilgan ma\u2019lumot.<\/p>\n<p><b>Foydalanuvchi <\/b>\u2014 Saytdan foydalanadigan va unga kirish huquqiga ega bo\u2018lgan shaxs.<\/p>\n<p><b>Sayt<\/b> \u2014 https:\/\/datascale.uz\/<\/p>\n<p><b>Ma\u2019lumot subyektining roziligi<\/b> \u2014 bu shaxsiy ma\u2019lumot subyekti o\u2018ziga tegishli shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlashga roziligini bildiradigan, erkin, aniq, mazmunli va qat\u2019iy irodasining ifodasi sifatida tushuniladi.<\/p>\n<p><b>Shaxsiy ma\u2019lumotlar bazasi egasi (egasi)<\/b> \u2014 shaxsiy ma\u2019lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega davlat organi, jismoniy yoki yuridik shaxs.<\/p>\n<p><b>Shaxsiy ma\u2019lumot subyekti (subyekt) <\/b>\u2014 shaxsiy ma\u2019lumotlarga aloqador bo\u2018lgan jismoniy shaxs (foydalanuvchi).<\/p>\n<p><b>2. Shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlash maqsadi va tarkibi<\/b><\/p>\n<p>2.1. Shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlash maqsadi: operator vakili bilan sayt foydalanuvchilari o\u2018rtasida aloqa o\u2018rnatish.<\/p>\n<p>2.2. Qayta ishlanadigan shaxsiy ma\u2019lumotlar tarkibi: F.I.Sh., elektron pochta manzili, mobil telefon raqami, foydalanuvchi lavozimi, foydalanuvchining ish beruvchisi.<\/p>\n<p>2.3. Shaxsiy ma\u2019lumotlar maxfiy hisoblanadi.<\/p>\n<p><b>3. Shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslari<\/b><\/p>\n<p>3.1. operator shaxsiy ma\u2019lumotlarni quyidagi asoslarda qayta ishlaydi:<\/p>\n<p>3.1.1 shaxsiy ma\u2019lumotlar subyekti o\u2018zining shaxsiy ma\u2019lumotlarini qayta ishlashga aniq irodasini ifoda etish orqali, jumladan, rozilik shaklida belgi qo\u2018yish orqali bergan roziligi asosida.<\/p>\n<p>3.1.2. mazkur ma\u2019lumotlarni qayta ishlash zarurati qonun bilan belgilangan egasi va (yoki) operatorining majburiyatlarini bajarish uchun.<\/p>\n<p><b>4. Shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlari<\/b><\/p>\n<p>4.1. operator shaxsiy ma\u2019lumotlarni avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda qayta ishlaydi, jumladan: yig\u2018ish, tizimlashtirish, saqlash, o\u2018zgartirish, to\u2018ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxsiylikni yo\u2018qotish (depersonalizatsiya) va yo\u2018q qilish.<\/p>\n<p>4.2. shaxsiy ma\u2019lumotlar uchinchi shaxslarga faqat Foydalanuvchining tegishli yozma roziligi bilan berilishi mumkin, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.<\/p>\n<p><b>5. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari<\/b><\/p>\n<p><b>5.1. Shaxsiy ma\u2019lumotlar subyekti quyidagi huquqlarga ega:<\/b><\/p>\n<p>5.1.1. operator uning shaxsiy ma\u2019lumotlariga ega yoki yo\u2018qligini va ular nimalardan iboratligini bilish;<\/p>\n<p>5.1.2. operatordan o\u2018z shaxsiy ma\u2019lumotlarini qayta ishlash jarayoni haqida so\u2018rov asosida ma\u2019lumot olish;<\/p>\n<p>5.1.3. operatordan o\u2018z shaxsiy ma\u2019lumotlariga kirish shartlari to\u2018g\u2018risida ma\u2019lumot olish;<\/p>\n<p>5.1.4. shaxsiy ma\u2019lumotlariga oid huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish;<\/p>\n<p>5.1.5. o\u2018z shaxsiy ma\u2019lumotlarini qayta ishlashga rozilik berish va bunday rozilikni bekor qilish, qonunda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;<\/p>\n<p>5.1.6. agar shaxsiy ma\u2019lumotlar to\u2018liq bo\u2018lmasa, eskirgan bo\u2018lsa, noto\u2018g\u2018ri bo\u2018lsa, noqonuniy yo\u2018l bilan olingan bo\u2018lsa yoki qayta ishlash maqsadlari uchun zarur bo\u2018lmasa, operatordan ularni qayta ishlashni vaqtincha to\u2018xtatishni talab qilish.<\/p>\n<p><b>5.2. Shaxsiy ma\u2019lumotlar subyekti quyidagilarga majbur:<\/b><\/p>\n<p>5.2.1. siyosatdagi o\u2018zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatib borish;<\/p>\n<p>5.2.2. O\u2018zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslarini, axloqni, sog\u2018liqni, O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, milliy mudofaa va davlat xavfsizligini ta\u2019minlash maqsadida o\u2018z shaxsiy ma\u2019lumotlarini taqdim etish.<\/p>\n<p><b>5.3. Operator quyidagi huquqlarga ega:<\/b><\/p>\n<p>5.3.1. siyosatga zaruriy o\u2018zgartirishlar kiritish;<\/p>\n<p>5.3.2. qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda foydalanuvchilarning shaxsiy ma\u2019lumotlarini uchinchi shaxslarga topshirish;<\/p>\n<p>5.3.3. Shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlash.<\/p>\n<p><b>5.4. Operator quyidagilarga majbur:<\/b><\/p>\n<p>5.4.1. foydalanuvchilarning shaxsiy ma\u2019lumotlari maxfiyligini ta\u2019minlash, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;<\/p>\n<p>5.4.2. shaxsiy ma\u2019lumotlar subyekti yoki uning vakiliga so\u2018rovi bo\u2018yicha, ushbu subyektning shaxsiy ma\u2019lumotlarini qayta ishlash jarayoni haqida xabar berish;<\/p>\n<p>5.4.3. noqonuniy qayta ishlash holatlari aniqlangan taqdirda shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlashni to\u2018xtatish;<\/p>\n<p>5.4.4. shaxsiy ma\u2019lumotlar to\u2018g\u2018risidagi qonunchilikka rioya qilish;<\/p>\n<p>5.4.5. shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlash maqsadi amalga oshirilganda, shuningdek amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda ularni yo\u2018q qilish choralarini ko\u2018rish;<\/p>\n<p>5.4.6. qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlashga subyektning roziligi olinganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish.<\/p>\n<p><b>6. Shaxsiy ma\u2019lumotlarning xavfsizligi<\/b><\/p>\n<p>6.1. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma\u2019lumotlari xavfsizligini ta\u2019minlash uchun Operator quyidagi choralarni ko\u2018radi:<\/p>\n<p>6.1.1. shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlash va himoya qilishni tashkil etish uchun mas\u2019ul shaxsni tayinlash;<\/p>\n<p>6.1.2. qayta ishlanayotgan ma\u2019lumotlarga nisbatan xavf va tahdidlarni baholash hamda ularni himoya qilish choralarini qo\u2018llash;<\/p>\n<p>6.1.3. foydalanuvchilarning shaxsiy ma\u2019lumotlarini ruxsatsiz yoki noqonuniy qayta ishlashdan, shuningdek, tasodifiy yo\u2018qotish, yo\u2018q qilish yoki zarar yetkazishdan himoya qilish uchun tegishli texnik va tashkiliy choralarni ko\u2018rish;<\/p>\n<p>6.1.4. xodimlarni kiberxavfsizlikni ta\u2019minlash va shaxsiy ma\u2019lumotlarni himoya qilish masalalari bo\u2018yicha o\u2018qitish;<\/p>\n<p>6.1.5. qayta ishlanayotgan ma\u2019lumotlarni himoya qilish maqsadida davlat organlari bilan hamkorlikni ta\u2019minlash;<\/p>\n<p>6.1.6. foydalanuvchilar murojaatlari va shikoyatlarini ko\u2018rib chiqish.<\/p>\n<p><b>7. Shaxsiy ma\u2019lumotlarni saqlash, qayta ishlashni to\u2018xtatish va yo\u2018q qilish shartlari<\/b><\/p>\n<p>7.1. shaxsiy ma\u2019lumotlar operatorning ma\u2019lumotlar bazalarida O\u2018zbekiston Respublikasi hududida saqlanadi.<\/p>\n<p>7.2. operator foydalanuvchilarning shaxsiy ma\u2019lumotlarini shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlash maqsadi amalga oshirilgungacha, foydalanuvchi shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligini bekor qilgungacha hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar yuz berguncha saqlaydi.<\/p>\n<p>7.3. operator quyidagi hollarda shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlashni to\u2018xtatishi va yo\u2018q qilishi shart:<\/p>\n<p>7.3.1. shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlash maqsadi amalga oshirilganda;<\/p>\n<p>7.3.2. shaxsiy ma\u2019lumotlar subyekti shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligini bekor qilganda;<\/p>\n<p>7.3.3. amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.<\/p>\n<p><b>8. Cookie fayllari<\/b><\/p>\n<p>8.1. Saytda cookie fayllaridan foydalanilishi mumkin.<\/p>\n<p>8.2. DATASCALE MCHJ Foydalanuvchilarning Saytdan barqaror va qulay foydalanishini ta\u2019minlash, shuningdek ularning afzalliklarini aniqlash va DATASCALE MCHJ mahsulot hamda xizmatlari haqida maqsadli ma\u2019lumot taqdim etish uchun cookie fayllaridan foydalanadi.<\/p>\n<p>8.3. Cookie fayllarining turlari:<\/p>\n<p>8.3.1. <b>\u201cSessiya\u201d cookie fayllari<\/b> brauzerda faqat Foydalanuvchining brauzer sessiyasi davomida, ya\u2019ni Foydalanuvchi saytni tark etguncha saqlanadi;<\/p>\n<p>8.3.2. <b>\u201cDoimiy\u201d cookie fayllari<\/b> esa sessiya tugagandan keyin ham (Foydalanuvchi ularni o\u2018chirmagan bo\u2018lsa) brauzerda saqlanadi.<\/p>\n<p>8.4. Cookie fayllaridan foydalanishni rad etish uchun foydalanuvchi brauzer sozlamalaridan foydalanishga haqli bo\u2018lib, u yerdan cookie fayllarini o\u2018chirish yoki bloklash mumkin. Biroq cookie fayllarini to\u2018liq o\u2018chirish sayt funksionalligini cheklashi mumkin<b>.<\/b><\/p>\n<p><b>9. Yakuniy qoidalar<\/b><\/p>\n<p>9.1. Ushbu siyosat va siyosatni qo\u2018llash bilan bog\u2018liq ravishda foydalanuvchi va operator o\u2018rtasida yuzaga keladigan munosabatlar O\u2018zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.<\/p>\n<p>9.2. Barcha mumkin bo\u2018lgan nizolar O\u2018zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, operator joylashgan hududdagi sudda hal etiladi.<\/p>\n<p>9.3. Sudga murojaat qilishdan oldin foydalanuvchi majburiy sudgacha bo\u2018lgan tartibni bajarishi va operatorga tegishli yozma da\u2019vo yuborishi kerak. Da\u2019voga javob berish muddati 30 (o\u2018ttiz) ish kuni etib belgilanadi.<\/p>\n<p>9.4. Agar biron sababga ko\u2018ra siyosatning bir yoki bir nechta qoidalari haqiqiy emas yoki ijro etib bo\u2018lmaydigan deb topilsa, bu siyosatning qolgan qoidalarining haqiqiyligi va qo\u2018llanishiga ta\u2019sir qilmaydi.<\/p>\n<p>9.5. Operator tomonidan shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlash O\u2018zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi \u2116 ZRU-547 \u201cShaxsiy ma\u2019lumotlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun talablari asosida amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>9.6. Ushbu siyosat operatorning yagona ijro organi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga kiradi va yangi siyosat bilan almashtirilmaguncha cheklanmagan muddat davomida amal qiladi.<\/p>\n<p>9.7. Operator siyosat shartlarini bir tomonlama o\u2018zgartirish huquqiga ega.<\/p>\n<p>9.8. Siyosat matni internetda erkin foydalanishda bo\u2018lganligi sababli, shaxsiy ma\u2019lumotlar subyektlari siyosatga kiritilgan o\u2018zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatib borishlari shart.<\/p>\n<p>9.9. Matnning ruscha va inglizcha talqinlari o\u2018rtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda, ruscha matn ustuvor hisoblanadi.<\/p>\n<p><b>10. Aloqa ma\u2019lumotlari<\/b><\/p>\n<p>10.1. Kompaniya nomi: DATASCALE MCHJ<\/p>\n<p>10.2. Manzil: O\u2019zbekiston, Toshkent shahri, Sag\u2018bon ko\u2018chasi, 5-uy<\/p>\n<p>10.3. INN 309883271<\/p>\n<p>10.4. Telefon: +998 (99) 879 89 25<\/p>\n<p>10.5. E-mail: info@datascale.uz<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Joylashtirilgansana: 18.08.2025 Ushbu Shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlash siyosati (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 \u00abSiyosat\u00bb) DATASCALE MCHJ (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 \u00abJamiyat, Operator\u00bb) tomonidan https:\/\/datascale.uz\/ manzilida joylashgan veb-sayt (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 \u00abSayt\u00bb) faoliyatini tashkil etishda shaxsiy ma\u2019lumotlarni qayta ishlashning umumiy prinsiplari, tartibi va ularning xavfsizligini ta\u2019minlash choralarini belgilaydi. 1. Atamalar Shaxsiy ma\u2019 lumotlar bazasi \u2014 shaxsiy ma\u2019lumotlarni o\u2018z ichiga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","template":"templates\/template-normal-page.php","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-3","page","type-page","status-publish","hentry"],"acf":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/3","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3"}],"version-history":[{"count":7,"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/3\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":357,"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/3\/revisions\/357"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}