{"id":460,"date":"2026-07-10T16:53:29","date_gmt":"2026-07-10T13:53:29","guid":{"rendered":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/?p=460"},"modified":"2026-07-15T16:59:50","modified_gmt":"2026-07-15T13:59:50","slug":"x-lance-va-jira-integratsiyasi-vazifalarni-taktik-boshqarish-hamda-portfelni-strategik-rejalashtirishni-yagona-tizimda-birlashtirish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/news\/x-lance-va-jira-integratsiyasi-vazifalarni-taktik-boshqarish-hamda-portfelni-strategik-rejalashtirishni-yagona-tizimda-birlashtirish\/","title":{"rendered":"X-Lance va Jira integratsiyasi: vazifalarni taktik boshqarish hamda portfelni strategik rejalashtirishni yagona tizimda birlashtirish"},"content":{"rendered":"<p>Jira uzoq yillardan buyon IT jamoalari uchun amalda standart vositaga aylangan. Unda ish jarayonlari (workflow) yo\u2018lga qo\u2018yilgan, biznes jarayonlari sozlangan va ko\u2018p yillik ma\u2019lumotlar jamlangan. Biroq kompaniya dasturlar va loyihalar portfelini strategik darajada boshqarish bosqichiga yetganda, oddiy vazifalarni boshqarish tizimi imkoniyatlari yetarli bo\u2018lmay qoladi. Mazkur loyiha buyurtmachisi ham aynan shunday vaziyatga duch keldi: ishlab chiquvchilar jamoasi uchun Jirani asosiy ish vositasi sifatida saqlab qolish, shu bilan birga rahbariyat uchun loyihalar portfelini boshqarishga mo\u2018ljallangan yagona boshqaruv maydonini yaratish zarur edi. Ushbu vazifa X-Lance \u2014 loyiha va portfel boshqaruvi uchun mo\u2018ljallangan zamonaviy platforma bilan integratsiya qilish orqali muvaffaqiyatli hal etildi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>Kontekst: nima uchun bu oddiy loyiha emas edi<\/strong><\/p>\n<p>Jira kompaniyada ko\u2018p yillar davomida foydalanib kelinayotgan tizim edi. Shu vaqt mobaynida unda o\u2018nlab maxsus maydonlar (custom fields), vazifalar turlarining o\u2018ziga xos ierarxiyasi, murakkab rollar modeli va nostandart workflowlar shakllangan edi. Shu sababli tayyor (out-of-the-box) import yechimi bu vazifa uchun mos kelmadi. Ikki tomonlama ma\u2019lumotlar moslashtiruvi (mapping) va istisno holatlarini qayta ishlashni qo\u2018llab-quvvatlaydigan to\u2018liq integratsiya zarur edi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\nBundan tashqari, axborot xavfsizligi talablari loyihani yanada murakkablashtirdi. Avtomatlashtirilgan jarayonlar uchun standart autentifikatsiyadan foydalanishga ruxsat berilmagan. Har bir integratsiya so\u2018rovi identifikatsiyadan o\u2018tadigan maxsus proksi-server orqali yuborilishi, barcha ma\u2019lumotlar esa belgilangan texnik hisob yozuvlari (service account) orqali uzatilishi talab etildi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>Yechim arxitekturasi<\/strong><\/p>\n<p>Integratsiya \u201cyagona ishonchli ma\u2019lumotlar manbai\u201d (Single Source of Truth) tamoyili asosida qurildi. Bunda Jira IT jamoalari uchun asosiy ish tizimi sifatida saqlab qolindi, X-Lance esa API orqali dolzarb ma\u2019lumotlarni qabul qilib, rahbariyat darajasida loyihalar portfelini boshqarish uchun yagona platforma vazifasini bajaradi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>Ma\u2019lumotlar manbai \u2014 Jira:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Vazifalar va ular o\u2018rtasidagi bog\u2018lanishlarni olish uchun REST API<\/li>\n<li>PAT (Personal Access Token) orqali autentifikatsiya<\/li>\n<li>Proksi orqali identifikatsiya qilish uchun HTTP sarlavhasidagi identifikatsiya kaliti<\/li>\n<li>Har bir integratsiya uchun alohida texnik hisob yozuvi<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Qabul qiluvchi tizim \u2014 X-Lance:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Oldindan sozlangan ma\u2019lumotnomalar: vazifa turlari, statuslar va ustuvorliklar<\/li>\n<li>Jira ma\u2019lumotlari tuzilmasiga mos ravishda yaratilgan 13 ta maxsus maydon<\/li>\n<li>Ma\u2019lumotlarni yozish uchun alohida texnik hisob yozuvi<\/li>\n<li>Kelgusida delta-sinxronizatsiyani amalga oshirish maqsadida Jira Key alohida maydonda saqlanadi<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Amalga oshirilgan besh bosqich<\/strong><\/p>\n<p><strong>1-bosqich. Maydonlarni tahlil qilish va mappingni tayyorlash<\/strong><\/p>\n<p>Biz Jiradagi barcha maydonlar \u2014 tizim va maxsus (custom) maydonlarning to\u2018liq ro\u2018yxatini oldik. Har bir maydon uchun ma\u2019lumot turi va biznes mantiqi tavsiflandi. Shundan so\u2018ng har bir maydonning X-Lancedagi mosligi aniqlandi: tizim maydoni, sozlanadigan maydon yoki yaratilishi kerak bo\u2018lgan yangi obyekt.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>2-bosqich. X-Lance&#8217;ni oldindan sozlash<\/strong><\/p>\n<p>Ma\u2019lumotlarni ko\u2018chirishni boshlashdan oldin X-Lanceda to\u2018liq infratuzilma tayyorlandi: vazifa turlari yaratildi va ierarxiya (Epic \u2192 Story \u2192 Task \u2192 Subtask) sozlandi, statuslar va ustuvorliklar kiritildi, vazifalarni istalgan statusda yaratish imkonini beruvchi workflow sozlandi, foydalanuvchi rollari hamda \u201cLoyiha\u201d va \u201cVazifa\u201d obyektlari uchun zarur maxsus (custom) maydonlar yaratildi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>3-bosqich. Integratsiya skriptini ishlab chiqish<\/strong><\/p>\n<p>Jira REST API bilan ishlaydigan maxsus skript ishlab chiqildi. U barcha maydonlar bo\u2018yicha ma\u2019lumotlarni oladi, ma\u2019lumotlar turlarini moslashtiradi va administrator huquqlariga ega texnik hisob yozuvi orqali ularni X-Lancega yozadi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>4-bosqich. Murakkab holatlarni qayta ishlash<\/strong><\/p>\n<p>Eng katta ish vazifalar o\u2018rtasidagi bog\u2018lanishlarni qayta ishlashga to\u2018g\u2018ri keldi: Epic Link, Linked Issues, parent-child ierarxiyasi. Jiradagi har bir bog\u2018lanish turi X-Lancedagi mos tur bilan moslashtirildi. Mavjud bo\u2018lmagan foydalanuvchilar holatlari ham alohida qayta ishlanib, ular standart texnik hisob yozuvi bilan almashtirildi, asl qiymat esa izohda saqlandi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>5-bosqich. Pilot loyiha, tekshirish va sanoat muhitiga migratsiya<\/strong><\/p>\n<p>Pilot tanlanma asosida barcha ma\u2019lumotnomalar va foydalanuvchilarning mappingi to\u2018g\u2018riligi tekshirildi. Shundan so\u2018ng nazorat yig\u2018indilari bo\u2018yicha tekshiruv bilan to\u2018liq migratsiya amalga oshirildi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>Murakkab texnik yechimlar<\/strong><\/p>\n<p><strong>Ma\u2019lumotnomalarni dinamik yangilash<\/strong><\/p>\n<p>Talablardan biri Jirada mavjud, ammo X-Lanceda mavjud bo\u2018lmagan ma\u2019lumotnoma maydonlari qiymatlarini qayta ishlash edi. Biz yangi qiymatlar birinchi marta uchraganda ularni ma\u2019lumotnomaga avtomatik qo\u2018shish mexanizmini qo\u2018lda aralashuvsiz amalga oshirdik.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\nShu bilan birga, buyurtmachida bir vaqtning o\u2018zida bir nechta Jira instansiyalari ishlaydi va ularning ma\u2019lumotnomalaridagi qiymatlar to\u2018plami farq qilishi mumkin. Migratsiya jarayonida nomi bir xil bo\u2018lgan qiymatlarni takrorlamagan holda barcha qiymatlarni o\u2018z ichiga olgan yagona ma\u2019lumotnoma shakllantiriladi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>Aloqalar ierarxiyasi va ota (parent) vazifalar<\/strong><\/p>\n<p>Jira bir nechta bog\u2018lanish turlarini qo\u2018llab-quvvatlaydi: is blocked by, duplicates, is part of, contains va boshqalar. X-Lanceda bog\u2018lanishlar issue_relations orqali relates, duplicates, precedes, blocks, copied_to turlari yordamida amalga oshiriladi. Epic tarkibiga kiruvchi vazifalar issues.parent_id orqali ota\u2013farzand ierarxik bog\u2018lanishiga aylantiriladi. Shuningdek, Jirada ichma-ich joylashish darajasi cheklovini chetlab o\u2018tish uchun yaratilgan maxsus ota\u2013farzand bog\u2018lanishlari ham ierarxik bog\u2018lanish sifatida migratsiya qilindi. Bu X-Lanceda barcha ishlarning haqiqiy tuzilmasini ko\u2018rish imkonini berdi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>Proksi orqali so\u2018rovlarni identifikatsiya qilish<\/strong><\/p>\n<p>Buyurtmachi har bir integratsiya so\u2018rovi HTTP sarlavhasidagi noyob kalit bilan imzolanishini talab qildi. Kalit integratsiya vazifasi raqami va texnik hisob yozuvi suffiksi asosida shakllantirildi. Imzolanmagan so\u2018rovlar proksi darajasida bloklanardi, ya\u2019ni sarlavhani shakllantirishdagi har qanday xatolik migratsiya jarayonini to\u2018liq to\u2018xtatib qo\u2018yishi mumkin edi. Shu sababli kalitni shakllantirish alohida konfiguratsiya moduliga ajratildi va har bir so\u2018rov yuborilishidan oldin tekshiruv amalga oshirildi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>Foydalanuvchilar mappingi va standart hisob<\/strong><\/p>\n<p>Migratsiya boshlanganda Jiradagi barcha foydalanuvchilar X-Lanceda mavjud emas edi. Bunday holatlar uchun X-Lanceda yetishmayotgan foydalanuvchilarni avtomatik yaratish mexanizmi ishlab chiqildi. Agar Jira<\/strong>dagi foydalanuvchini yaratish uchun ma\u2019lumotlar yetarli bo\u2018lmasa, vazifa texnik foydalanuvchiga biriktiriladi, Jiradagi asl login esa keyinchalik qo\u2018lda tuzatish uchun izohda saqlanadi. Bu foydalanuvchilar ma\u2019lumotnomasi to\u2018liq bo\u2018lmagani sababli migratsiya jarayonining to\u2018xtab qolishiga yo\u2018l qo\u2018ymadi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>Mahsulot nuqtai nazaridan<\/strong><\/p>\n<p><em>\u201cX-Lance&#8217;ni Jira bilan integratsiya qilish \u2014 bu shunchaki ma\u2019lumotlarni ko\u2018chirish bo\u2018yicha texnik vazifa emas. Bu kompaniyalarga mavjud infratuzilmaga kiritilgan investitsiyalarni saqlab qolish va shu bilan birga portfelni boshqarish uchun zamonaviy vositaga ega bo\u2018lish imkonini beradigan strategik yechimdir. Bizning yondashuvimiz har doim buyurtmachining mavjud biznes jarayonlarini buzmaydigan, aksincha ular bilan uyg\u2018un ishlaydigan yechimni taklif etishga qaratilgan\u201d<\/em>, \u2014 deydi X-Lance mahsulot bo\u2018yicha direktori Olga Kashinseva.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>Natija<\/strong><\/p>\n<p>Integratsiya endi \u201cJira\u2019da qolish\u201d yoki \u201cX-Lance\u2019ga o\u2018tish\u201d o\u2018rtasida tanlov qilish zaruratini yo\u2018q qiladi \u2014 ikkala vosita ham o\u2018z vazifasi doirasida birgalikda ishlaydi. Jira ishlab chiqish jamoalari uchun asosiy ish vositasi bo\u2018lib qoladi, X-Lance esa loyiha ofisi va yuqori rahbariyat uchun boshqaruv tizimiga aylanadi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>X-Lance loyiha boshqaruvi platformasi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>To\u2018liq moliyaviy kontur: byudjetlashtirish, reja-fakt tahlili, cashflow (pul oqimlari), dalolatnoma asosidagi daromadlar hamda hisob tizimlari bilan integratsiya.<\/li>\n<li>Resurslarni rejalashtirish: xodimlar bandligini nazorat qilish, timesheetlar va kompetensiyalar matritsasi.<\/li>\n<li>Bazaviy rejalar: rejaning 12 tagacha versiyasini saqlash va ular orasidagi chetlanishlarni solishtirish imkoniyati.<\/li>\n<li>BI hisobotlar: dashboardlarni yaratish konstruktori va rahbariyat uchun tayyor hisobotlar.<\/li>\n<li>Tezkor joriy etish: dasturlashsiz 2 haftadan boshlab ishga tushirish imkoniyati, buning uchun bitta analitik yetarli.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Buyurtmachi uchun bu shunchaki ma\u2019lumotlarni ko\u2018chirish emas, balki boshqaruvning yangi bosqichiga o\u2018tishni anglatadi: loyihalar portfelining shaffofligi, resurslar va moliyaviy ko\u2018rsatkichlarni nazorat qilish, shuningdek, real vaqt rejimida dolzarb ma\u2019lumotlar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\n<strong>DataScale haqida<\/strong><\/p>\n<p>DataScale \u2014 banklar va moliya tashkilotlari uchun eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda samarali raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan kompaniya. Biz xalqaro loyihalarda ko\u2018p yillik tajribaga ega mutaxassislarni hamda jahon amaliyotlari bo\u2018yicha chuqur bilimlarni birlashtirib, har bir mijoz uchun optimal kompleks yechimlarni yaratamiz.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\nDataScale doimiy ravishda mahsulotlar portfelini kengaytirib, mijozlarga loyihalarni boshqarish uchun zamonaviy vositalarni, jumladan X-Lance platformasini taklif etib kelmoqda. Bu bizga buyurtmachilarga ularning aniq vazifalari va rivojlanish strategiyasiga mos keladigan eng maqbul yechimlar to\u2018plamini tanlash imkonini beradi.<br \/>\n<\/br><\/br><br \/>\nAgar tashkilotingiz mavjud vazifalarni boshqarish tizimi bilan samarali ishlaydigan zamonaviy loyiha boshqaruvi tizimini izlayotgan bo\u2018lsa, biz loyiha oldi tahlilini o\u2018tkazishga va aynan sizning holatingizda integratsiya qanday ishlashini amalda ko\u2018rsatishga tayyormiz.<\/p>\n<p>Biz bilan datascale.uz orqali bog\u2018laning yoki demo uchun so\u2018rovini yuboring \u2014 biz tizimni amalda namoyish qilamiz va jamoangizning barcha texnik savollariga javob beramiz.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jira uzoq yillardan buyon IT jamoalari uchun amalda standart vositaga aylangan. Unda ish jarayonlari (workflow) yo\u2018lga qo\u2018yilgan, biznes jarayonlari sozlangan va ko\u2018p yillik ma\u2019lumotlar jamlangan. Biroq kompaniya dasturlar va loyihalar portfelini strategik darajada boshqarish bosqichiga yetganda, oddiy vazifalarni boshqarish tizimi imkoniyatlari yetarli bo\u2018lmay qoladi. Mazkur loyiha buyurtmachisi ham aynan shunday vaziyatga duch keldi: ishlab chiquvchilar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":461,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-460","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/460","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=460"}],"version-history":[{"count":8,"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/460\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":469,"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/460\/revisions\/469"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/461"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=460"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=460"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/datascale.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=460"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}