DataScale kompaniyasi BIFF 2025 XI Xalqaro Moliyaviy Forumining hamkori sifatida ishtirok etdi
27 июня 2025 г.
2025-yil 30-may kuni Bishkek shahrida Qirg‘iziston Banklar Uyushmasi tomonidan tashkil etilgan BIFF XI Xalqaro Moliyaviy Forumi bo‘lib o‘tdi. DataScale kompaniyasi moliyaviy sektor, fintech va raqamli texnologiyalarning joriy tendentsiyalarini muhokama qilish uchun Markaziy Osiyodagi eng yirik platforma bo'lgan ushbu muhim tadbirning rasmiy hamkori sifatida ishtirok etdi.



Joriy yilgi forum Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkiya va boshqa mamlakatlardan 400 dan ortiq ishtirokchini jamladi. BIFF 2025ning asosiy mavzusi: “Innovatsiyalar, raqamli transformatsiya va barqaror rivojlanish: moliyaviy ekotizimning kelajagi” edi.



Kompaniyaning savdo bo‘yicha direktori Semyon Popov quyidagi qiziqarli va provokatsion mavzuda ma’ruza qildi:

“Firibgarlarga qanday yordam berish mumkin: darvozani ochiq qoldirishning eng yaxshi besh usuli”

Mutaxassis o‘z nutqida istehzoli shaklda moliyaviy tashkilotlarni firibgarlik qarshisida zaif holatga keltiradigan asosiy xatolarni tahlil qildi:

1. Tahlil uchun ma’lumotlarni tayyorlamaslik - kiberkaxosni o‘zingiz yartishingizdir. "Saqlashdagi tartibsizlik — o'zini odatdagidek niqoblashni yaxshi ko'radiganlar uchun jannatdir."

2. Boshlanishidayoq audit o‘tkazmaslik — firibgarliklar go‘zal va sezdirmay boshlanishiga yo‘l ochishdir. "Agar ichingizda nima borligini bilmasangiz, xavotir olmang — firibgarlar baribir birinchi bo‘lib bilib olishadi."

3. Professional fraud-sistemalardan foydalanmang — millionlarni “excelchi birodaringiz”ga topshiring.

4. Sun’iy intellektdan voz keching — firibgarlarga bir necha yil vaqt bering.

Taqdimot tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va bu moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda axborot xavfsizligi standartlariga rioya qilish, jarayonlarni avtomatlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning naqadar muhimligini yana bir bor ta’kidladi. BIFF 2025 forumi banklar, fintex-kompaniyalar, regulyatorlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi muloqot uchun muhim maydoncha ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Ishtirokchilar moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish, ochiq bank tizimi, kiberxavfsizlik, ESG-moliyalashtirish va raqamli somni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.

BIFF 2025da ishtirok etish texnologiyalar va moliyaviy soha o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishdagi muhim bosqich bo‘ldi. Forum DataScale kompaniyasining bank sektori uchun xavfsiz raqamli muhit yaratish borasidagi yondashuvlari dolzarbligini yana bir bor tasdiqladi.