Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash siyosati
Joylashtirilgansana: 18.08.2025
Ushbu Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash siyosati (keyingi o‘rinlarda – «Siyosat») DATASCALE MCHJ (keyingi o‘rinlarda – «Jamiyat, Operator») tomonidan https://datascale.uz/ manzilida joylashgan veb-sayt (keyingi o‘rinlarda – «Sayt») faoliyatini tashkil etishda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning umumiy prinsiplari, tartibi va ularning xavfsizligini ta’minlash choralarini belgilaydi.
1. Atamalar
Shaxsiy ma’ lumotlar bazasi — shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot tizimi ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazasi.
Cookies-fayllar — foydalanuvchi saytga tashrif buyurganda uning qurilmasiga joylashtiriladigan (saqlanadigan) kichik ma’lumot fayllari bo‘lib, foydalanuvchining identifikatori, qurilma, brauzer va ilova versiyasi haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
DATASCALEMCHJ — shaxsiy ma’lumotlarning egasi va operatori, ularni qayta ishlashni amalga oshiruvchi sub’ekt.
Shaxsiyma’lumotlarniqaytaishlash — shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, anonimlashtirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir yoki bir nechta harakatlar majmuasi.
Shaxsiyma’lumotlar — aniq shaxsga oid yoki uni aniqlash imkonini beruvchi, elektron, qog‘oz yoki boshqa moddiy tashuvchilarda qayd etilgan ma’lumot.
Foydalanuvchi — Saytdan foydalanadigan va unga kirish huquqiga ega bo‘lgan shaxs.
Sayt — https://datascale.uz/
Ma’lumot subyektining roziligi — bu shaxsiy ma’lumot subyekti o‘ziga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligini bildiradigan, erkin, aniq, mazmunli va qat’iy irodasining ifodasi sifatida tushuniladi.
Shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi (egasi) — shaxsiy ma’lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega davlat organi, jismoniy yoki yuridik shaxs.
Shaxsiy ma’lumot subyekti (subyekt) — shaxsiy ma’lumotlarga aloqador bo‘lgan jismoniy shaxs (foydalanuvchi).
2. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi va tarkibi
2.1. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi: operator vakili bilan sayt foydalanuvchilari o‘rtasida aloqa o‘rnatish.
2.2. Qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlar tarkibi: F.I.Sh., elektron pochta manzili, mobil telefon raqami, foydalanuvchi lavozimi, foydalanuvchining ish beruvchisi.
2.3. Shaxsiy ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi.
3. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslari
3.1. operator shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi asoslarda qayta ishlaydi:
3.1.1 shaxsiy ma’lumotlar subyekti o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga aniq irodasini ifoda etish orqali, jumladan, rozilik shaklida belgi qo‘yish orqali bergan roziligi asosida.
3.1.2. mazkur ma’lumotlarni qayta ishlash zarurati qonun bilan belgilangan egasi va (yoki) operatorining majburiyatlarini bajarish uchun.
4. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi va shartlari
4.1. operator shaxsiy ma’lumotlarni avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda qayta ishlaydi, jumladan: yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxsiylikni yo‘qotish (depersonalizatsiya) va yo‘q qilish.
4.2. shaxsiy ma’lumotlar uchinchi shaxslarga faqat Foydalanuvchining tegishli yozma roziligi bilan berilishi mumkin, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
5. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari
5.1. Shaxsiy ma’lumotlar subyekti quyidagi huquqlarga ega:
5.1.1. operator uning shaxsiy ma’lumotlariga ega yoki yo‘qligini va ular nimalardan iboratligini bilish;
5.1.2. operatordan o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash jarayoni haqida so‘rov asosida ma’lumot olish;
5.1.3. operatordan o‘z shaxsiy ma’lumotlariga kirish shartlari to‘g‘risida ma’lumot olish;
5.1.4. shaxsiy ma’lumotlariga oid huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish;
5.1.5. o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik berish va bunday rozilikni bekor qilish, qonunda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
5.1.6. agar shaxsiy ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, eskirgan bo‘lsa, noto‘g‘ri bo‘lsa, noqonuniy yo‘l bilan olingan bo‘lsa yoki qayta ishlash maqsadlari uchun zarur bo‘lmasa, operatordan ularni qayta ishlashni vaqtincha to‘xtatishni talab qilish.
5.2. Shaxsiy ma’lumotlar subyekti quyidagilarga majbur:
5.2.1. siyosatdagi o‘zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatib borish;
5.2.2. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslarini, axloqni, sog‘liqni, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, milliy mudofaa va davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘z shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish.
5.3. Operator quyidagi huquqlarga ega:
5.3.1. siyosatga zaruriy o‘zgartirishlar kiritish;
5.3.2. qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga topshirish;
5.3.3. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash.
5.4. Operator quyidagilarga majbur:
5.4.1. foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlash, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
5.4.2. shaxsiy ma’lumotlar subyekti yoki uning vakiliga so‘rovi bo‘yicha, ushbu subyektning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash jarayoni haqida xabar berish;
5.4.3. noqonuniy qayta ishlash holatlari aniqlangan taqdirda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni to‘xtatish;
5.4.4. shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilish;
5.4.5. shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi amalga oshirilganda, shuningdek amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda ularni yo‘q qilish choralarini ko‘rish;
5.4.6. qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga subyektning roziligi olinganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish.
6. Shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi
6.1. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash uchun Operator quyidagi choralarni ko‘radi:
6.1.1. shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilishni tashkil etish uchun mas’ul shaxsni tayinlash;
6.1.2. qayta ishlanayotgan ma’lumotlarga nisbatan xavf va tahdidlarni baholash hamda ularni himoya qilish choralarini qo‘llash;
6.1.3. foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini ruxsatsiz yoki noqonuniy qayta ishlashdan, shuningdek, tasodifiy yo‘qotish, yo‘q qilish yoki zarar yetkazishdan himoya qilish uchun tegishli texnik va tashkiliy choralarni ko‘rish;
6.1.4. xodimlarni kiberxavfsizlikni ta’minlash va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘qitish;
6.1.5. qayta ishlanayotgan ma’lumotlarni himoya qilish maqsadida davlat organlari bilan hamkorlikni ta’minlash;
6.1.6. foydalanuvchilar murojaatlari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish.
7. Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlashni to‘xtatish va yo‘q qilish shartlari
7.1. shaxsiy ma’lumotlar operatorning ma’lumotlar bazalarida O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlanadi.
7.2. operator foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi amalga oshirilgungacha, foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligini bekor qilgungacha hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar yuz berguncha saqlaydi.
7.3. operator quyidagi hollarda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni to‘xtatishi va yo‘q qilishi shart:
7.3.1. shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi amalga oshirilganda;
7.3.2. shaxsiy ma’lumotlar subyekti shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligini bekor qilganda;
7.3.3. amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
8. Cookie fayllari
8.1. Saytda cookie fayllaridan foydalanilishi mumkin.
8.2. DATASCALE MCHJ Foydalanuvchilarning Saytdan barqaror va qulay foydalanishini ta’minlash, shuningdek ularning afzalliklarini aniqlash va DATASCALE MCHJ mahsulot hamda xizmatlari haqida maqsadli ma’lumot taqdim etish uchun cookie fayllaridan foydalanadi.
8.3. Cookie fayllarining turlari:
8.3.1. “Sessiya” cookie fayllari brauzerda faqat Foydalanuvchining brauzer sessiyasi davomida, ya’ni Foydalanuvchi saytni tark etguncha saqlanadi;
8.3.2. “Doimiy” cookie fayllari esa sessiya tugagandan keyin ham (Foydalanuvchi ularni o‘chirmagan bo‘lsa) brauzerda saqlanadi.
8.4. Cookie fayllaridan foydalanishni rad etish uchun foydalanuvchi brauzer sozlamalaridan foydalanishga haqli bo‘lib, u yerdan cookie fayllarini o‘chirish yoki bloklash mumkin. Biroq cookie fayllarini to‘liq o‘chirish sayt funksionalligini cheklashi mumkin.
9. Yakuniy qoidalar
9.1. Ushbu siyosat va siyosatni qo‘llash bilan bog‘liq ravishda foydalanuvchi va operator o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
9.2. Barcha mumkin bo‘lgan nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, operator joylashgan hududdagi sudda hal etiladi.
9.3. Sudga murojaat qilishdan oldin foydalanuvchi majburiy sudgacha bo‘lgan tartibni bajarishi va operatorga tegishli yozma da’vo yuborishi kerak. Da’voga javob berish muddati 30 (o‘ttiz) ish kuni etib belgilanadi.
9.4. Agar biron sababga ko‘ra siyosatning bir yoki bir nechta qoidalari haqiqiy emas yoki ijro etib bo‘lmaydigan deb topilsa, bu siyosatning qolgan qoidalarining haqiqiyligi va qo‘llanishiga ta’sir qilmaydi.
9.5. Operator tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi № ZRU-547 “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida amalga oshiriladi.
9.6. Ushbu siyosat operatorning yagona ijro organi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga kiradi va yangi siyosat bilan almashtirilmaguncha cheklanmagan muddat davomida amal qiladi.
9.7. Operator siyosat shartlarini bir tomonlama o‘zgartirish huquqiga ega.
9.8. Siyosat matni internetda erkin foydalanishda bo‘lganligi sababli, shaxsiy ma’lumotlar subyektlari siyosatga kiritilgan o‘zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatib borishlari shart.
9.9. Matnning ruscha va inglizcha talqinlari o‘rtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda, ruscha matn ustuvor hisoblanadi.
10. Aloqa ma’lumotlari
10.1. Kompaniya nomi: DATASCALE MCHJ
10.2. Manzil: O’zbekiston, Toshkent shahri, Sag‘bon ko‘chasi, 5-uy
10.3. INN 309883271
10.4. Telefon: +998 (99) 879 89 25
10.5. E-mail: info@datascale.uz