DataScale “Asia Alliance Bank”da X-Lance ISUP tizimini muvaffaqiyatli joriy etdi
03 июня 2026 г.
DataScale kompaniyasi “Asia Alliance Bank” ATBda X-Lance loyihalarni boshqarish axborot tizimini (ISUP) muvaffaqiyatli joriy etganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. X-Lance ISUP — loyihalarni rejalashtirish, monitoring qilish va vazifalar bajarilishini nazorat qilish uchun keng funksional imkoniyatlarga ega zamonaviy yechimdir.
Mazkur tizimning joriy etilishi O‘zbekistonning yosh va jadal rivojlanayotgan banklaridan biri bo‘lgan “Asia Alliance Bank”ga loyiha boshqaruvi jarayonlarini optimallashtirish, jamoa samaradorligini oshirish hamda loyiha ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi. Intuitiv interfeys va kuchli analitik imkoniyatlarga ega X-Lance tizimi resurslar, muddatlar va xatarlarni samarali boshqarishga yordam beradi. Bu esa uni raqamli transformatsiya sharoitida samaradorlik va ish sifatini oshirishga intilayotgan moliyaviy tashkilotlar uchun ideal yechimga aylantiradi.
DataScale bosh direktori Roman Solovyov ta’kidladi: ““Asia Alliance Bank”da ushbu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi kompaniyamiz rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi va moliyaviy sektorda dasturiy mahsulotimizga berilgan yuqori bahoni yana bir bor tasdiqladi. Ishonchimiz komilki, X-Lance ISUP bankda loyiha boshqaruvini yangi bosqichga olib chiqadi hamda strategik vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.”
X-Lance mahsulot direktori Olga Kashintseva esa shunday dedi:
“2009 yildan buyon bozorida ishonchli o‘rin egallab kelayotgan ‘Asia Alliance Bank’da yechimimiz muvaffaqiyatli joriy etilganidan faxrlanamiz. X-Lance zamonaviy biznes talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan va hamkorimiz ehtiyojlariga moslashtirilgan. Ishonchim komilki, ushbu loyiha bank samaradorligini oshirish va ichki jarayonlarni optimallashtirishda muhim omil bo‘ladi.”
"Asia Alliance Bank" ATBda X-Lance loyihalarni boshqarish axborot tizimining joriy etilishi bankning asosiy loyihalarini amalga oshirishda allaqachon sezilarli natijalar berayotgani ta'kidlanmoqda. Muddatlarning shaffof nazorati, resurslarning samarali taqsimlanishi va jamoalarning uzviy muvofiqlashuvi tufayli bank eng qisqa muddatlarda texnologik jihatdan murakkab raqamli loyihalardan birini Alliance Pay mobil ilovasida oltin va kumushdagi metall hisobvaraqlarni ishga tushirishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Bank matbuot xizmati ushbu loyiha nafaqat raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishda, balki mijozlar uchun yangi yechimlarni bozorga olib chiqish tezligini oshirishda ham muhim bosqich bo‘lganini alohida ta’kidladi.
“Alliance Pay ilovasini rivojlantirish bankning strategik yo‘nalishlaridan biridir. Biz kundalik bank xizmatlari, xalqaro to‘lov yechimlari va zamonaviy investitsiya vositalarini o‘zida birlashtirgan yagona ekotizimni izchil ravishda shakllantirmoqdamiz», deya qayd etishdi bankda”
Biz X-Lance tizimidan foydalanish loyihalarni boshqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirishiga, tashabbuslarni amalga oshirishni tezlashtirishiga hamda O‘zbekiston moliyaviy xizmatlar bozorini yanada rivojlantirishning muhim qismiga aylanishiga ishonamiz.
Kompaniyalar haqida
DataScale kompaniyasi banklar va moliyaviy tashkilotlar uchun ilg‘or texnologiyalar asosida samarali raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan. Kompaniya xalqaro loyihalarda boy tajribaga ega ekspertlarni birlashtirgan holda har bir mijoz uchun optimal kompleks yechimlarni taqdim etadi.
“Asia Alliance Bank” ATB O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi yosh va jadal rivojlanayotgan bankdir. Bank o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009 yil 15 avgustda berilgan 79-sonli litsenziya asosida amalga oshiradi hamda xizmatlar sifatini oshirish va ichki jarayonlarni optimallashtirish maqsadida ilg‘or texnologiyalarni faol joriy etib kelmoqda.