Data Scale kompaniyasi ““UNIVERSAL BANK” ATBda IT-tizimlarni audit qilish va texnologik rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish” loyihasini yakun
27 июня 2025 г.
Axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi konsalting xizmatlarini taqdim etuvchi bo‘lgan Data Scale kompaniyasi “UNIVERSAL BANK” ATB (O‘zbekiston) uchun kompleks IT-audit o‘tkazish va texnologik rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish loyihasini muvaffaqiyatli yakunladi. Loyiha bankning ichki jarayonlarini modernizatsiya qilish, mijozlar tajribasini yaxshilash, operatsion samaradorlikni oshirish hamda bankning bozor sharoitidagi raqobatbardoshligini ta’minlovchi uzoq muddatli strategiyani shakllantirishga qaratilgan edi.
Loyiha doirasida Data Scale mutaxassislari bankning IT-tizimlarini batafsil tahlil qilib chiqdi. Tahlil jarayonida tizimlarning ishlash samaradorligi, xavfsizlik darajasi, kengaytirilish imkoniyati va zamonaviy standartlarga muvofiqligi baholandi. Olingan ma’lumotlar asosida innovatsion texnologiyalarni joriy etish tartibi va hajmi, IT-jarayonlarni optimallashtirish hamda bankning raqamli transformatsiyasi uchun platforma yaratish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobot tayyorlandi.
DataScale bosh direktori Roman Aleksandrovich Solovyev quyidagilarni ta’kidladi: “”UNIVERSAL BANK” ATB rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shganimizdan mamnunmiz. Loyiha davomida biz nafaqat takomillashtirishga muhtoj asosiy yo‘nalishlarni aniqladik, balki bankning strategik maqsadlariga erishishga xizmat qiladigan aniq amaliy qadamlarni ham taklif etdik. Ishonchim komilki, tayyorlagan tavsiyalarimizni amalga oshirish orqali bank bozor pozitsiyalarini mustahkamlaydi va mijozlarga zamonaviy, yangi xizmatlar taqdim eta oladi.”
“UNIVERSAL BANK” ATB boshqaruvi raisi Alisher Anvarovich Buvonazarov esa shunday dedi: "Data Scale bilan hamkorligimiz raqamli transformatsiyaga olib boruvchi yo‘limizdagi muhim bosqich bo‘ldi. Data Scale jamoasi yuqori darajadagi professionallik va ehtiyojlarimizni chuqur anglashni namoyon etdi. Ular ishlab chiqqan strategiya allaqachon IT-infratuzilmamizni modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ishonchimiz komilki, bu bizga yanada moslashuvchan va innovatsion bankka aylanish imkonini beradi."
Loyihaning muvaffaqiyatli yakunlanishi natijasida “UNIVERSAL BANK” ATB IT-infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha batafsil tavsiyalar va texnologik rivojlanishning aniq strategiyasini o‘z ichiga olgan kompleks hisobotga ega bo‘ldi. Ushbu natijalar audit oldiga qo‘yilgan maqsadlarga to‘liq mos keladi va bankning raqamli transformatsiyasi uchun mustahkam poydevor yaratadi. Data Scale “UNIVERSAL BANK” ATB rahbariyati va mutaxassislariga samarali hamkorlik va ochiqlik uchun minnatdorlik bildiradi. Ishonchimiz komilki, ishlab chiqilgan yechimlarni amalga oshirish bankning biznes-jarayonlari samaradorligini va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshiradi.
DataScale kompaniyasi - eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda banklar va moliya tashkilotlari uchun samarali raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan. DataScale har bir mijoz uchun optimal kompleks yechimlarni yaratish maqsadida xalqaro loyihalarda ko‘p yillik tajribaga ega va jahon amaliyotini chuqur biladigan mutaxassislarni o’zida birlashtiradi.
“UNIVERSAL BANK” ATB 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda keng ko‘lamli xizmatlar va har bir mijozga alohida yondashuvni taklif qiluvchi jadal rivojlanayotgan universal bank hisoblanadi. Bank korporativ va chakana segmentlarda faoliyat olib boradi.