DataScale kompaniyasi “Yagona Integrator – UZINFOCOM” MChJda X-Lance LBATni joriy etish loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
03 марта 2025 г.
DataScale kompaniyasi “Yagona integrator - UZINFOCOM” MChJda X-Lance loyihalarni boshqarish axborot tizimini (LBAT) joriy etish loyihasini muvaffaqiyatli yakunlaganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. LBAT X-Lance - bu vazifalarning bajarilishini rejalashtirish, monitoring qilish va nazorat qilish uchun keng ko'lamli vositalarni taklif qiluvchi zamonaviy yechim.
X-Lance LBATning joriy etilishi “Yagona integrator – UZINFOCOM” MChJga loyihalarni boshqarish jarayonlarini optimallashtirish, jamoa samaradorligini oshirish va loyiha ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani yaxshilash imkonini beradi. Intuitiv interfeys va kuchli tahliliy qobiliyatlari bilan X-Lance jamoalarga resurslar, muddatlar va xavflarni samarali boshqarishda yordam beradi va bu ish unumdorligi va sifatini oshirishga intilayotgan tashkilotlar uchun ideal yechimga aylanadi.
“Ushbu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi rivojlanishimizda muhim qadam bo‘ldi va bizning dasturiy ta’minotimizning bozorda yuqori bahosini tasdiqlaydi. Ishonchimiz komilki, X-Lance LBAT “Yagona integrator - UZINFOCOM” MChJda nafaqat loyihalarni boshqarishni takomillashtiradi, balki ularning yanada o‘sishi va vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun asos bo‘ladi”, — dedi DataScale bosh direktori Roman Solovyov.
X-Lance LBAT Product Owner va biznes arxitektori Olga Kashintseva qo‘shimcha qildi: “Biz shunday muhim loyihada o‘z yechimimizni muvaffaqiyatli amalga oshirganimizdan faxrlanamiz. LBAT X-Lance zamonaviy biznes talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va hamkorimizning o'ziga xos ehtiyojlariga moslashtirilgan. Ishonchim komilki, ushbu dastur “Yagona integrator - UZINFOCOM” MChJda samaradorlikni oshirish va jarayonlarni optimallashtirishga turtki bo‘ladi”.
Ishonchimiz komilki, X-Lance LBAT “Yagona integrator - UZINFOCOM” MChJda loyihalarni boshqarishning muhim vositasiga aylanadi. Ushbu tizimning joriy etilishi kompaniya faoliyati samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va IT xizmatlari bozorida muvaffaqiyatli rivojlanishiga imkon beradi.
Kompaniyalar haqida
DataScale kompaniyasi - eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda banklar va moliya tashkilotlari uchun samarali raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan. DataScale har bir mijoz uchun optimal kompleks yechimlarni yaratish maqsadida xalqaro loyihalarda ko‘p yillik tajribaga ega va jahon amaliyotini chuqur biladigan mutaxassislarni o’zida birlashtiradi.
“Yagona integrator - UZINFOCOM” MChJ - raqamli infratuzilmani rivojlantirish va biznes jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasida kompleks IT yechimlari va xizmatlarini taqdim etishga ixtisoslashgan kompaniya.