DataScale Poytaxt bankda loyihani amalga oshirdi
28 января 2025 г.
DataScale kompaniyasi “Poytaxt Bank” AJga Oracle litsenziyalarini yetkazib berish va Oracle GoldenGate dasturiy ta’minotini joylashtirish bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Mazkur loyiha bankning tranzaksiya ma’lumotlarini qayta ishlash samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

Oracle GoldenGate - tizimga minimal qo’shimcha yukalama bilan turli xil muhitlar o’rtasida tranzaksiya ma'lumotlarini real vaqt rejimida to’plash, yo’naltirish, o'zgartirish va yetkazib berish imkonini beruvchi mukammal yechimdir. Bu “Poytaxt bank” AJga ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini optimallashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.

Loyiha doirasida DataScale jamoasi bir qator ishlarni amalga oshirdi, jumladan:

1. Tizimning to'g'ri ishlashini ta'minlash uchun tarmoq parametrlarini sozlash.

2. Tizim konfiguratsiyasi: ma'lumotlar bazasi namunasini yaratish va server uskunasini tayyorlash.

3. Dasturiy ta'minotni o'rnatish: Oracle distributivini yuklab olish va uni serverga joylashtirish.

4. Xavfsizlik siyosatini sozlash: foydalanuvchilarni yaratish, kirish huquqlarini belgilash va zaxira nusxalarini yaratish.

5. Ishlashni optimallashtirish: ishlash parametrlarini sozlash, indekslarni tahlil qilish va monitoring vositalaridan foydalanish.

6. Zaxiralash va tiklash: Avtomatlashtirilgan zaxira nusxalarini yaratish va qayta tiklashni sinovdan o'tkazish.

7. Qo’llanmalar va treninglar: sozlash uchun qo’llanmalarni tayyorlash va foydalanuvchilar uchun o'quv seminarlarini o'tkazish.

8. Sinovdan o’tkazish: Tizimda ishlash va xatolarga chidamlilik test sinovlarini o'tkazish.

E-ngineers Europe AB boshqaruvchi hamkori Roman Solovyov shunday dedi: “Biz “Poytaxt Bank” AJ uchun ushbu loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshira olganimizdan mamnunmiz. Ishonchimiz komilki, bizning hamkorligimiz uzoq muddatli hamkorlik uchun asos bo‘lib, bank ma’lumotlarni qayta ishlash sohasida yangi cho‘qqilarni zabt etishga yordam beradi”.

DataScale yuqori sifatli texnik yordam ko‘rsatish va Oracle GoldenGate yechimini yanada takomillashtirishga tayyor, bu esa “Poytaxt Bank” AJning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

“Poytaxt Bank” AJ — O‘zbekistondagi yetakchi banklardan biri bo‘lib, u jismoniy hamda korporativ mijozlarga keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi. Bank mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish va aholining sifatli bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tashkil etilgan.

DataScale kompaniyasi - eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda banklar va moliya tashkilotlari uchun samarali raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan. DataScale har bir mijoz uchun optimal kompleks yechimlarni yaratish maqsadida xalqaro loyihalarda ko‘p yillik tajribaga ega va jahon amaliyotini chuqur biladigan mutaxassislarni o’zida birlashtiradi.