“UNIVERSAL BANK” ATB va DataScale ESB-integratsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzoladi
27 июня 2025 г.
"UNIVERSAL BANK" ATB va DataScale kompaniyasi hamkorlikni kengaytirib, ma’lumotlar integratsion shinasini (Enterprise Service Bus, ESB) joriy etish loyihasini amalga oshirishga kirishmoqda. Loyiha bankning ichki tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada samarali qilish, tranzaksiyalarni qayta ishlash tezligini oshirish va bozor talablariga mos ravishda kengaytirilishi mumkin bo‘lgan moslashuvchan IT-infratuzilmani shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Hamkorlik doirasida bankning raqamli transformatsiyasi uchun texnologik asos bo‘ladigan zamonaviy ESB-yechimi joriy etiladi. Yangi tizim servislar o‘rtasidagi uzluksiz integratsiyani ta’minlaydi, operatsiyalar xavfsizligini oshiradi va innovatsion bank mahsulotlarini tez joriy etish uchun platforma yaratadi.
DataScale bosh direktori Roman Aleksandrovich Solovyev quyidagilarni ta’kidladi: " “UNIVERSAL BANK” ATB bilan hamkorligimizni rivojlantirish samarali raqamli ekotizim yaratish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Bunday loyihalarni amalga oshirishdagi tajribamiz asosida biz bankka mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqishda yordam beramiz."
“UNIVERSAL BANK” ATB boshqaruvi raisi Alisher Anvarovich Buvonazarov quyidagilarni ta’kidladi: "ESB-yechimini joriy etish – texnologik salohiyatimizni rivojlantirish yo‘lidagi strategik qadamdir. Bu bizga nafaqat joriy jarayonlarni optimallashtirish, balki kelajakdagi innovatsiyalar uchun mustahkam poydevor yaratish imkonini beradi."
Tez orada loyihaning birinchi bosqichi boshlanadi. Uni to‘liq amalga oshirgach, bank barcha servislarni birlashtiruvchi yagona integratsion platformaga ega bo‘ladi, yangi mahsulotlarni ishlab chiqish vaqtini qisqartiradi hamda operatsiyalar ishonchliligini oshiradi. DataScale kompaniyasi bilan hamkorlik “UNIVERSAL BANK” ATBning texnologik jihatdan rivojlanayotgan moliyaviy institut sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.
DataScale kompaniyasi - eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda banklar va moliya tashkilotlari uchun samarali raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan. DataScale har bir mijoz uchun optimal kompleks yechimlarni yaratish maqsadida xalqaro loyihalarda ko‘p yillik tajribaga ega va jahon amaliyotini chuqur biladigan mutaxassislarni o’zida birlashtiradi.
“UNIVERSAL BANK” ATB - jadal rivojlanayotgan bank bo‘lib, keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlar, yuqori darajadagi servis va har bir mijozga individual yondashuvni taklif etadi. Bank korporativ hamda chakana segmentlarda faoliyat yuritadi.